Xodim yuzini terminalga ko'rsatadi — turniket ochiladi va kelgan vaqti darhol PayDay paneliga yoziladi. Hikvision yuz tanish terminallarini yangi yoki mavjud turniketingizga ulaymiz: kechikishlar, ish soatlari va oylik avtomatik hisoblanadi.
Tripod, kalitka (swing), flap va to'liq balandlikdagi turniketlar hamda elektromagnit qulflar bilan ishlaydi.
Hikvision MinMoe terminali xodimni yuzidan taniydi — karta yoki barmoq izi kerak emas, kartani boshqaga berib bo'lmaydi.
Har bir o'tish kelish yoki ketish sifatida yoziladi. Kechikish, erta ketish va ishlangan soatlar o'zi hisoblanadi.
Soatbay stavka va kechikish uchun jarima panelda belgilanadi — oy oxirida oylik tayyor bo'ladi.
Turniket faqat bazadagi xodimlar uchun ochiladi. Xodim ishdan bo'shatilsa, uning yuzi terminaldan avtomatik o'chiriladi.
Qurilma oflayn bo'lsa yoki qayta ulansa — Telegram orqali xabar olasiz.
Uskuna narxi turniket turiga (tripod, kalitka, to'liq balandlikdagi), kirishlar soniga va terminal modeliga bog'liq. Mavjud turniketingiz bo'lsa, faqat Face ID terminali qo'shiladi.
PayDay dasturi uchun to'lov faqat faol xodimlar uchun: bir xodimga oyiga 5 000 — 9 000 so'm. Dastlabki 14 kun bepul. Aniq narxni bilish uchun qo'ng'iroq qiling — obyektingiz bo'yicha bepul hisob-kitob qilib beramiz.
Ishlab chiqarish korxonalari va omborlar — smenalar va qo'shimcha ish soatlari hisobi. Supermarketlar va savdo markazlari — bir nechta filialda xodimlar kechikishi nazorati. Ofislar va biznes markazlar — begonalarni kiritmaslik va qog'ozsiz tabel.
Maktab va bog'chalar uchun alohida yechim bor — SchoolDay: o'quvchi turniketdan o'tganda ota-onasiga Telegram orqali rasmli xabar boradi.
Korxonangiz uchun qaysi turniket va terminal kerakligini aniqlab, narxini hisoblab beramiz.